
Shuhrat Chulliyev
Shu’ba mudiri

Faridun Sattorov
Bosh ilmiy hodim

Amriddin
Bosh ilmiy hodim

Alimov Akobir Mirvaxidovich
Yetakchi ilmiy xodim
Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-siyosiy sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
ijtimoiy-siyosiy sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan ijtimoiy-siyosiy sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish;
Jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha tizimli tahlil o‘tkazish va takliflar ishlab chiqish;
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning qonunchilik bazasini takomillashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning dolzarb muammolarini o‘rganish;
millatlararo va konfessiyalararo munosabatlar sohasidagi vaziyatni muntazam o‘rganish, jamiyatda bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash, radikal va ekstremistik g‘oyalar tarqalishining oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
