Xalqaro munosabatlar sohasidagi qonunchilik shu’basi

Ismailov  Baxodir  Islamovich

Shu’ba mudiri

Yuridik fanlar doktori, professor.

“Maxsus iqtisodiy zonalarni huquqiy tartibga solishning nazariy muammolari (tarix va nazariya masalalari)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va “Inson shaxsiy huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

“Adliya maslahatchisi” martaba darajasi unvoni.

Tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, adliya, prokuratura va boshqa davlat organlarida ishlagan.

Malaka oshirish va turli tadbirlarda ishtirok etganligi to‘g‘risida 50 dan ortiq sertifikat va guvohnomalarga ega. 250 dan ortiq darsliklar, monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.

Uygunov Rasul Uygunovich

Bosh ilmiy xodim

Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO-Universiteti) bitiruvchisi.

40.03.01-Yurisprudensiya yo’nalishi bo’yicha xorijiy tillarni (ingliz va nemis) bilgan xalqaro huquqshunos bakalavri.

QHSI Yosh olimlar kengashi mas’ul kotibi.

Qiziqishlar sohasi: xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi, xalqaro inson huquqlari huquqi, siyosatshunoslik va boshqalar.

Isoqov Suhayl-Bek Hoji-Murodovich

Yetakchi ilmiy xodim

Korporativ moliya yo’nalishi bo’yicha huquq magistri (LLM), Vestminster universiteti, Buyuk Britaniya (2024)

Tijorat huquqi bo’yicha huquq bakalavri (BA), Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, O’zbekiston (2022)

Bosh prokurorning Akademiyasida amaliyot o’tab, xalqaro huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, BMT, BMTTD va MTHK kabi tashkilotlar bilan aloqani ta’minlagan.

O’zbekiston Respublikasi Notariat tizimida katta tajribaga ega.

Vestminster universitetining xalqaro stipendiyasini olgan (2022)

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining jamoat nutqi bo’yicha tanlov g’olibi (2021)

Qiziqishlari: Konstitutsiyaviy huquq, xalqaro investitsiya huquqi, korporativ moliya, M&A.

Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;

Xalqaro munosabatlar sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan xalqaro munosabatlar sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;

huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro munosabatlar sohadagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.