Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shu’basi

Mo’minov Bexzod Abduvahobovich

Shu’ba mudiri

Mirzayev Shuxrat Mashrabovich

Bosh ilmiy xodim

20 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi, jumladan, jinoyat huquqi, kriminologiya va penitentsiar huquq masalalariga bag‘ishlangan.

2016-yildan Toshkent davlat yuridik universitetida mustaqil nomzod (PhD) (“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslari” dissertatsiyasi mavzusi).

Bitiruv malakaviy ishi natijalari O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining buyruqlarida o‘z aksini topgan.

Zokirov Sherzod Ilxom o‘g‘li

Yetakchi ilmiy xodim

Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.

Bugungi kunda Sh.Zokirov tomonidan 40 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Sh.Zokirov 2022-yilda yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Prokuratura organlarida murojaatlar bilan ishlash institutini takomillashtirish masalalari” mavzusida yozilgan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Uning dissertatsiya natijalari boʻyicha keltirgan takliflari “Prokuratura toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining sohaviy buyruqlarida oʻz aksini topgan hamda prokuratura organlarining huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etilgan.

Abdullayev Zakir Ilhamovich

Yetakchi ilmiy xodim

Doniyorov Dilyor Salim o’g’li

Yetakchi ilmiy xodim

Ma’lumoti:
Toshkent davlat yuridik universiteti bitiruvchisi (“Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” yo‘nalishi, imtiyozli diplom).
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistri (“Xalqaro biznes huquqi” yo‘nalishi, imtiyozli diplom).

Ilmiy qiziqishlari: xalqaro munosabatlar, xalqaro xususiy huquq, tadbirkorlik huquqi.

Rus, ingliz va muloqot darajasidagi xitoy tillarini biladi.

Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sud-huquq sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;

sud-huquq sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan sud-huquq sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;

huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning sud-huquq sohadagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.