Yuriskonsult

Daurov Timur Anvarovich

Yuriskonsult

Maxsus darajali unvoni: 1-darajali yurist.

Adliya, prokuratura va boshqa davlat boshqaruv organlarida qator masʼul lavozimlarda ishlagan.

Respublikada norma ijodkorligida, xususan, advokatura va mediatsiya institutlarini rivojlantirish, yuridik xizmat va bepul yuridik yordam ko’rsatish sohalariga tegishli 20 dan ortiq qonunchilik hujjatlarini bevosita ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.

Bir qator diplom va malaka oshirish sertifikatlari, jumladan, xalqaro ekspert va mutaxassislar ishtirokida huquq sohasiga oid dolzarb mavzularda bo’lib o’tgan xalqaro konferensiya va forumlarda qatnashib, 10 dan ortiq sertifikatlarni qo’lga kiritgan.

Dolzarb mavzularga bag’ishlangan 20 dan ortiq maqola va tezislarlar muallifi hisoblanadi.

Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Institutning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni tashkil etish;

Institut tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;

Institutning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish; shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish.