Memorandum tomonlar o‘rtasida davlatlarning huquqiy siyosati bo‘yicha qo‘shma loyihalarini ilgari surish va amalga oshirish, milliy qonunchilik, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish, ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar, seminarlar tashkil etish va ularda birgalikda ishtirok etish, norma ijodkorligi sohasida tajriba almashish, qonun ijodkorligida yangi texnologiyalarni qo‘llash, jamoat tashkilotlari va ekspertlar hamjamiyati bilan o‘zaro hamkorlik qilish kabi sohalarda aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni nazarda tutadi.