Memorandum tomonlar oʻrtasida qoʻshma xalqaro fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish, huquq sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun xodimlarni oʻzaro jalb etish, qonun hujjatlari monitoringi sohasida tajriba almashish, huquqni qo‘llash, qabul qilingan va amaldagi qonun hujjatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri samaradorligini baholash kabi sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni nazarda tutadi.