Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan 2023-yilning 14-sentyabr kuni “Sud-huquq tizimining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida “aqliy hujum” oʻtkazildi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad – milliy va xorijiy ekspert-tahliliy doiralar bilan birgalikda sud-huquq sohasidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish, sud-huquq tizimida inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish…