
Uralov Ilxom Azamatovich
Bo‘lim boshlig‘i

Zaripova Kamola Nurmat kizi
Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
Institutning xalqaro aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha mahalliy va xorijiy taʼlim hamda tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
yetakchi tadqiqot, tahlil markazlari va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik dasturini shakllantirish va amalga oshirish;
Institut shu’balari tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan xorijda o‘tkazilayotgan tadbirlarni axborot bilan ta’minlash;
xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishni axborot-tahliliy ta’minlash;
ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilik muhokamasi uchun boshqa platformalarda jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilish hamda Institut faoliyatini axborot bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Institutning tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro aloqalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish.
