
Avezov Sardorbek Palvannazarovich
Bo‘lim boshlig‘i

Gulnoza
Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
Institutda ijro intizomi talablariga qat’iy rioya etilishini tashkil etish, nazorat qilish va ta’minlash, ushbu yo‘nalishdagi faoliyatni tartibga solishga qaratilgan boshqaruv hujjatlarini tayyorlash;
Institutning ish rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilish va umumlashtirish;
Institut yig‘ilishlari va institut rahbarligida tezkor yig‘ilishlar o‘tkazilishini ta’minlash;
Institut faoliyatiga doir statistik hisobotlarni umumlashtirish, tahliliy hisobotlarni tayyorlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilishini nazorat qilish va Institut binosiga kirishni tashkil etish;
kadrlar ishini olib borish, bilimli, axloqiy, vijdonli, malakali va yuksak axloqiy fazilatlarga ega kadrlarni tanlash va tayinlash;
Institutning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish;
Institutning moddiy-texnik ta’minotini tashkil etish.
