Joriy yilning 10-iyul kuni Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida Avstriya Federal iqtisodiy palatasi a’zosi, Avstriyaning “Agrotek” kompaniyasi prezidenti va O‘zbekistonning Avstriyadagi faxriy konsuli Boris Kandov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda huquqshunoslik sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini shakllantirish maqsadida jamiyat va davlat qurilishi, iqtisodiyot, kadrlar tayyorlash sohalarida tizimli tahlil, strategik rejalashtirish va boshqaruvning ilg‘or tajribasini joriy etish masalalari muhokama qilindi.