2023-yil 6-iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va qiyosiy huquqshunoslik instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum tomonlar o‘rtasida davlatlarning huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, milliy qonunchilik, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish, qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek,…