Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash;mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashni prognozlash va ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va o‘tkazish;


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash;


huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish;


normativ-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.