Mirzaraximov Feruz Abdumannabovich
Shu’ba mudiri
1-darajali yurist.
2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi.
Uzoq yillar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida faoliyat yuritgan. Davlat tashkilotlaridagi faoliyati davomida bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasida ishtirok etgan. Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatishida o’z hissasini qo’shgan.
Sattarova Gulnoza Djurakulovna
Bosh ilmiy xodim
Yuridik fanlar nomzodi.
Ikkinchi darajali adliya maslahatchisi.
2009-yilda “O‘zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlarini jamoa shartnomaviy tartibga solish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
G.Sattorova 50 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, mehnat huquqi, ijtimoiy taʼminot huquqi, gender tengligi masalalarga bag’ishlangan 2ta monografiya, 2 ta darslik va 8 ta oʻquv qoʻllanma muallifi va hammuallifidir.
2022-23-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tayyorlash bo‘yicha Ekspert komissiyasi ishida ishtirok etgan.
Sobirov Shoxruxbek Tavakkal oʻgli
Bosh ilmiy xodim
2-darajali yurist.
Huquq magistri.
U Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi bo‘lib, o‘z faoliyatini ushbu universitet yuriskonsulti lavozimida boshlagan, keyinchalik “Jinoyat-protsessual huquq va kriminologiya” kafedrasida dars bergan.
2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari institutida ishlab, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan.
2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida turli lavozimlarda ishlagan va “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishda ishtirok etgan. Sudgacha bo‘lgan bosqichda elektron ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotini olib bormoqda.
Jakbarov Sardor Ravshanbek o‘g‘li
Yetakchi ilmiy xodim
3-darajali yurist.
Huquq magistri.
Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi. Mehnat faoliyatini Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatida boshlagan. Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universitetida universitet kengash kotibi lavozimida ham ishlagan. 2023-yilgacha Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida faoliyatini davom ettirgan.
Boboqulov Azizbek Azamat o‘g‘li
Yetakchi ilmiy xodim
3-chi darajali yurist
Toshkent davlat yuridik universitetining “Xususiy huquq” yo’nalishini tamomlagan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimida faoliyat yuritgan. Qaysi chet tillarini biladi: rus, ingliz
Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan ijtimoiy sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy sohadagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.