2023-yil 29-sentabr kuni Ostona shahrida Qozog‘iston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Qonunchilik va huquqiy axborot: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro
ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi xorijiy davlatlar ekspert-tahlil
va ilmiy-tadqiqot doira vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktorining o‘rinbosari V.Ergashev ham onlayn tarzda tabrik so‘zi bilan ishtirok etib, Qozog‘iston Respublikasi Qonunchilik va huquqiy axborot institutining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida ishtirokchi davlatlarning milliy qonunchiligi va huquqiy siyosatini takomillashtirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Konferensiya yakunlari bo‘yicha qonun ijodkorligi faoliyati sifatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.