2023-yilning 26-27-sentabr kunlari Pekin shahrida Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti tomonidan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining 10 yilligi: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Bir kamar, bir yo‘l” doirasidagi amaliy hamkorlikning bugungi holati va ushbu tashabbusni kelgusida amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti ilmiy kotibi, professor Abdulaziz Rasulev “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusi doirasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Anjumanda ishtirok etish doirasida Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti direktori janob Sun Chjuanji bilan tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish to‘g‘risida ikki tomonlama uchrashuv ham boʻlib oʻtdi.