Tadbirning maqsadi “Foley Xoag” LLPning qator yo‘nalishlarda, xususan, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi va AQSh hukumati bilan o‘zaro hamkorligi doirasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarini eshitishga qaratildi.
Uchrashuv davomida D.Tsutieva o‘z kompaniyasi faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, “Foley Xoag” LLPning turli yo‘nalishlarda keng ko‘lamli yuridik xizmatlar, jumladan, JSTga a’zo bo‘lish jarayonida davlatlarga ko‘mak ko‘rsatishini ta’kidladi.
Shu munosabat bilan ekspert “Foley Xoag” LLP nomidan mamlakatlarning JSTga a’zo bo‘lishi doirasida O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilish, JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralar olib borishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli xizmatlarni taklif qildi.