2023-yil 17-18-aprel kunlari Toshkent shahrida Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi hamkorligida “Konstitutsiyaviy islohotning mohiyati va ahamiyati: Yangi O‘zbekiston – yangilangan Konstitutsiya” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Ushbu muhim xalqaro tadbirda dunyoning 16 davlatidan, jumladan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Avstriya, Belgiya, Vengriya, Sloveniya, Polsha, Gruziya, Turkiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston kabi davlatlardan yetakchi siyosat va davlat arboblari, mutaxassis va olimlar ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, BMT, BMTTD, Yevropa Kengashi huzuridagi Huquq orqali demokratiya boʻyicha Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar oʻz vakillari bilan qatnashishdi.