
Aripov Komiljon Mersaidovich
Shu’ba mudiri

Akilov Alimjon Rahimovich
Bosh ilmiy xodim
Yuridik fanlari doktori, professor
1990-yilda «Qonunchilikning ichki-turdagi taqqoslanishi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va 2001-yilda «Qiyosiy huquqshunoslikning metodologik muammolari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, konstitutsiyaviy huquq, qiyosiy huquqshunoslik, qiyosiy qonunchilik, qonun ijodkorligi, parlament huquqi, prokuror nazorati, jinoyat va jinoyat-protsessual huquqi, xalqaro huquq masalalariga bag‘ishlangan 100 dan ortiq ilmiy hamda o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.
Prokuratura organlarida, Prezident Administratsiyasida ishlagan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan. Prokuratura va adliya organlarining adliya katta maslahatchisi maxsus unvoniga ega.
Davlat va jamiyat qurilishi bo‘yicha turli tadbirlarda, jumladan konstitutsiyaviy islohotlar, qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etgan, 3 ta qonun, amaldagi qonunlarga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar, bir qator strategik hujjatlar muallifi.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradi, ilmiy va ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashlar, ilmiy seminarlar va tahririyat hay’atlari a’zosi.

Malikova Gulchehra Rihsikhodjaevna
Bosh ilmiy xodim

Kvitkov Yaroslav Mixaylovich
Yetakchi ilmiy xodim
Huquq magistri darajasiga ega.
Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish boʻyicha ilmiy ish olib bormoqda.
Lavozim martabasi: 3-darajali yurist.
30 dan ortiq ilmiy maqolalar hamda ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar muallifi.
Qiziqish sohalari: konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, inson huquqlari va boshqalar.

Doniyorov Elyor Salim o’g’li
Yetakchi ilmiy xodim
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavri, “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha (imtiyozli diplom bilan).
Toshkent davlat yuridik universiteti magistri, “Biznes huquqi” yo‘nalishi bo‘yicha (imtiyozli diplom bilan).
Qiziqish sohalari: iqtisodiy huquq, xalqaro xususiy huquq, xalqaro ommaviy huquq, tadbirkorlik huquqi, siyosatshunoslik.
Turli xalqaro tadbirlarda ishtirok etganligi, malaka oshirganligi haqida ko‘plab sertifikat va guvohnomalarga ega. Milliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan bir qator ilmiy maqolalar muallifi. Rus, ingliz va xitoy tillarini biladi.
Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohadagi huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy ta’minlash;
konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohalaridagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
