Hurmatli Oybek Normuxammedovich! Sizni ulugʻ ayyom 50 yillik yubiley yoshingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizga mustahkam sogʻliq, oilaviy tinchlik va xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizga ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Qadrli Oybek Normuxammedovich, Sizni bosib oʻtgan bu qutlugʻ 50 yoshingiz, yaqinlaringiz, doʻst u-birodarlaringiz, shogirdlaringiz va butun hamkasblaringiz jamoasi uchun ibrat yoʻlidir.
Siz mehnat faoliyatingizni Andijon viloyatidan boshlab, keyinchalik Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida muhim lavozimlarda faoliyat yuritib, mamlakatimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshdingiz.
Sizning kasbiy mahoratingiz va insoniy fazilatlaringiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti faoliyati samaradorligini oshirishga uzoq yillar xizmat qiladi deb, hisoblaymiz.