2025-yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura institutlariga quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul qilinadi:
– 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; Huquqiy ta’limotlar tarixi.
– 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.

Tayanch doktoranturaga nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
— magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha)ga ega bo‘lish;
— falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lish.

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar 2024-yil 10-noyabrga qadar quyidagi hujjatlarni daraja.ilmiy.uz sayti orqali topshirishi kerak:
— ariza;
— qisqacha biografik ma’lumotnoma;
— mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
— oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
— nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
— belgilangan talabga javob beradigan B2 darajadagi chet tili sertifikati;

Batafsil ma’lumot uchun +99871 239-46-73 telefon raqamiga murojaat qiling.