“Aqliy hujum”ning maqsadi hokimiyatni taqsimlash prinsipi bilan bog‘liq eng muhim konseptual masalalarni har tomonlama ilmiy va ekspert muhokamasi hamda ushbu prinsipning konseptual apparatini talqin qilishda yagona o‘zaro kelishilgan yondashuvni ishlab chiqishdir.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 10 dan ortiq vakillari, “mintaqaviy muloqot” XNNT “Regional dialog”ning Ijrochi direktori va hammuassisi Katya Gershak hamda sloveniyalik ekspert, Lyublyana universitetining yuridik fakulteti professori, Sloveniyaning sobiq Bosh vaziri Miroslav Serar ishtirok etishdi.
“Aqliy hujum” yakunlariga koʻra, Konstitutsiya boʻyicha tayyorlanayotgan sharhlar yuzasidan yagona pozitsiyani ishlab chiqish maqsadida ekspertlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.