“El-yurt umidi” jamgʻarmasining ilgʻor xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti Xalqaro munosabatlar sohasidagi qonunchilik sho‘basi Bosh ilmiy xodimasi Alamonova Shoira Ergash qizi g‘olib deb topilib, Buyuk Britaniyaning Sheffield universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Biz Institutimiz jamoasi Alamononova Shoira Ergash qizini ulkan muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Kelgusida xorijda olgan ta’limi va tajribasi orqali mamlakatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shishiga ishonamiz.