Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti Iqtisodiy sohadagi qonunchilik sho‘basi xodimi Safarova Adiba O‘zbekiston davlat muassasalari uchun kadrlar malakasini oshirish imkonini beradigan “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar ajratish loyihasi” (JDS) g‘olibiga aylanib, Yaponiyada magistraturada o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Biz Institutimiz jamoasi Safarova Adibani mazkur yutuq bilan tabriklab, Yaponiyada ta’limi va tajribalarini kelajakda yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida safarbar etishiga ishonamiz.