Joriy yil 6-iyunda Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida (QHSI) Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Xususiy huquq tadqiqot markazi (XHTM) dotsenti Anna Arxipova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda A.Arxipova XHTM QHSI bilan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini alohida taʼkidladi. QHSI bilan oʻzaro ilmiy va akademik aloqalarni takomillashtirish va yanada mustahkamlash maqsadida A.Arxipova birgalikda amalga oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni taklif etdi:
– xususiy huquqning dolzarb masalalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar o’tkazish va tadbirlar tashkil etish doirasida Tomonlar hamkorligini tartibga soluvchi ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzolash;
– ikki davlat xususiy huquqining fundamental masalalarini muhokama qilish uchun joriy yil kuzda Toshkent shahrida “Rossiya va O‘zbekistonda xususiy huquq: huquqiy tizimlar muloqoti” mavzusida qo‘shma konferensiya tashkil etish.