Xalqaro munosabatlar sohasidagi qonunchilik shu’basi

Ismailov  Baxodir  Islamovich

Shu’ba mudiri

Yuridik fanlar doktori, professor.

“Maxsus iqtisodiy zonalarni huquqiy tartibga solishning nazariy muammolari (tarix va nazariya masalalari)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini va “Inson shaxsiy huquq va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlar va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

“Adliya maslahatchisi” martaba darajasi unvoni.

Tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi, adliya, prokuratura va boshqa davlat organlarida ishlagan.

Malaka oshirish va turli tadbirlarda ishtirok etganligi to‘g‘risida 50 dan ortiq sertifikat va guvohnomalarga ega. 250 dan ortiq darsliklar, monografiyalar, oʻquv qoʻllanmalar, ilmiy maqolalar va tezislar muallifi.

Хоdjayev Shoxrux Muzaffarovich

Bosh ilmiy xodim

Huquqiy siyosatning turli masalalari bo‘yicha 20 dan ortiq axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlagan.

Jinoyat huquqi, kriminologiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, terrorizm va diniy ekstremizmga oid 10 dan ortiq ilmiy nashrlar muallifi.

2023-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil nomzodi (PhD) hisoblanadi. Uning ilmiy izlanishlari natijalari ayrim qonun loyihalarida o‘z aksini topgan.

Hasan

Davlatov Timur

Dilyor

Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;

Xalqaro munosabatlar sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan xalqaro munosabatlar sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;

huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning xalqaro munosabatlar sohadagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.