Uralov Ilxom Azamatovich
Bo‘lim boshlig‘i
Norbotayev Xasan Valijon o’g’li
Yetakchi ilmiy xodim
Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO-Universiteti) bitiruvchisi.
40.03.01-Yurisprudensiya yo’nalishi bo’yicha xorijiy tillarni (ingliz) bilgan xalqaro huquqshunos bakalavri.
Debretsen universiteti bitiruvchisi.
Yevropa va xalqaro biznes huquqi bo’yicha Huquq magistri (LL.M.).
Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasida amaliyot o‘tagan. O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida ishlagan.
Bo‘limning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
Institutning xalqaro aloqalarini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha mahalliy va xorijiy taʼlim hamda tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
yetakchi tadqiqot, tahlil markazlari va tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik dasturini shakllantirish va amalga oshirish;
Institut shu’balari tomonidan ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan xorijda o‘tkazilayotgan tadbirlarni axborot bilan ta’minlash;
xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishni axborot-tahliliy ta’minlash;
ijtimoiy tarmoqlarda va jamoatchilik muhokamasi uchun boshqa platformalarda jamoatchilik fikrini o‘rganish va tahlil qilish hamda Institut faoliyatini axborot bilan ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Institutning tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro aloqalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish.