2023-yil 13-sentyabr kuni Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Suma Chakrabarti ofisining huquqiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Mari Enn-Birken xonim bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Mazkur uchrashuvda Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etishning huquqiy asoslarini shakllantirish hamda oʻzaro kelishilgan yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ekspert tomonidan «Toshkent xalqaro tijorat sudi toʻgʻrisida»gi qonun loyihasining mazmun va mohiyati batafsil tushuntirildi.
Institut nomidan direktori oʻrinbosari V.Ergashev xorijiy ekspert M.Birken xonimga qonun loyihasi boʻyicha berilgan sharhlar uchun minnatdorchilik bildirdi va uni yetakchi huquqshunos olimlar ishtirokida qoʻshimcha oʻrganish zarurligini taʼkidladi.
Muhokama yakunlari boʻyicha tomonlar bir qator yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish toʻgʻrisida kelishib oldilar.