O‘zbek va xorijiy tillarda “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi” yagona milliy portali o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur portal orqali qonunchilikni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish hamda uni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar qabul qilinadi.
Shunga ko‘ra, fuqarolar konstitutsiyadagi har bir modda bo‘yicha takliflarini qoldirishi mumkin.
Jarayonda takliflaringiz bilan faol ishtirok eting va qonunchilik mustahkamlanishida oʼz hissangizni qoʼshing.