2023-yilning 21-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Tokioda (2023-yil dekabr) o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘quv seminarlar masalasi muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori o‘rinbosari Yaponiyaga tashkil etilgan xizmat safari doirasida quyidagi masalalarni muhokama qilish zarurligini ta’kidladi:
– xususiy mulkni fuqarolik-huquqiy himoya qilish samaradorligini oshirish masalalari;
– yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini modernizatsiya qilish;
– ko‘p qavatli uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini birgalikda qurish shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash masalalari.