Rashidov Komil Kayumovich
Shu’ba mudiri
Yuridik fanlari doktori, professor.
“Temir yo‘l transportida yuk tashishning shartnomaviy munosabatlari” mavzusida nomzodlik (1994 y.) va «Xalqaro ko`lamda yo‘lovchi va yuk tashish munosabatlarini huquqiy tartibga solish muammolari» mavzusida doktorlik (2004 y.) dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Fuqarolik huquqi, fuqarolik protsessi, xalqaro xususiy huquq, xalqaro transport huquqi, xalqaro shartnomalar huquqi va xalqaro migratsiya huquqi bo‘yicha 70 dan ortiq ilmiy va o‘quv-metodik ishlarning muallifi hisoblanadi.
Bular sirasiga O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismiga sharhlar (xalqaro xususiy huquq normalari, 1998 y.), Yuridik atamalar ensiklopedik lug‘ati (2003 y.), Xalqaro ko`lamda yo‘lovchi va yuk tashish (darslik, 2001, 2007 y.), O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik huquqi (darslik, 2009 y.), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga sharhlar (xalqaro xususiy huquq normalari, 2011 y.), O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish va bekor qilish (parlament aʼzolari uchun qo‘llanma, 2012 y.), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga sharhlar (xalqaro fuqarolik protsessi normalari, 2016 y.) kiradi.
Adliya va sud organlari, Oliy Majlis, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligida ishlagan (tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, Favqulodda va Muxtor Elchi etib tayinlangan). Birinchi darajali maslahatchi diplomatik martabasiga ega.
Respublikamizda qonun ijodkorligi faoliyatida, xususan, fuqarolik-huquqiy munosabatlari, konstitutsiyaviy qurilish, tashqi siyosiy faoliyat va tashqi iqtisodiy aloqalar sohalaridagi qonunchilik hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etgan. Oliy taʼlim muassasalarida o‘qituvchilik faoliyatini olib boradi, ixtisoslashgan ilmiy kengashlar va tahririyat kengashlari aʼzosi hisoblanadi. Yurisprudensiya sohasida beshta falsafa doktori (PhD) va fan doktorini (DSc) tayyorlagan.
Norbayev Nazarali Ibodullayevich
Bosh ilmiy xodim
Magistr darajasiga ega.
Iqtisod fanlari nomzodi (PhD) ilmiy darajasini olish boʻyicha ilmiy ish olib bormoqda.
Ilmiy ish mavzusi: “Oʻzbekiston Respublikasida xalqaro soliq solish metadologiyasini takomillashtirish”.
Lavozim martabasi: 1-darajali adliya maslahatchisi
Prezident devoni, soliq va adliya organlari va boshqa davlat idoralarida ishlagan.
– 20 dan ortiq sertifikatlarga, malaka oshirish va turli boshqa jumladan, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi tadbirlarda ishtirok etgan, shuningdek, iqtisodiyot va huquq sohasidagi dolzarb mavzularga oid sertifikatlarga ega.
– 150 dan ortiq ilmiy maqolalar, tezislar, xalqaro soliqqa oid darslik muallifi, Soliq va Byudjet kodeksini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan.
Jurabayev Bekzod Latifjon o‘g‘li
Bosh ilmiy xodim
Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat (2018 yil) va magistratura (2019 yil) bosqichlarini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutida boshlagan.
2019 yildan Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil tadqiqotchisi (PhD) hisoblanadi va «Elektron tijoratni fuqarolik-huquqiy tartibga solish» mavzusida dissertatsiya tadqiqotini olib bormoqda (12.00.03. – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq). Konstitutsiyaviy huquq, parlament huquqi, saylov huquqi, fuqarolik huquqi va boshqalar bo’yicha 20 dan ortiq ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.
Jumayev Qahhor Hakimali o‘g‘li
Yetakchi ilmiy xodim
Huquq magistri.
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: “Kichik biznesni rivojlanishi sharoitida tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy asoslari”.
Lavozim martabasi: 3-darajali yurist.
– malaka oshirish va turli tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, huquqshunoslikning dolzarb mavzularidagi seminarlarni tinglash boʻyicha 10 ga yaqin sertifikat va guvohnomalarga;
- 15 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislarga;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarni yoritish boʻyicha televideniye va radiolarda 10 ga yaqin chiqishlarga;
– tadbirkorlik sohasidagi qonun hujjatlarini tahlil qilish boʻyicha tajribaga ega.
Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan iqtisodiy sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;
huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy sohadagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.