Akilov Alimjon Raximovich
Bosh ilmiy xodim
Abdullayev Zokir Ilhomovich
Bosh ilmiy xodim
Malikova Gulchekhra Rixsix’ojaevna
Bosh ilmiy xodim
Mirzokarimov Sardorbek Sadiralizoda
Yetakchi ilmiy xodim
Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat-hquqiy faoliyat” (bakalavr, 2018-yil), “Davlat boshqaruvi huquqi” (magistratura, 2019-yil), Oliy iqtisodiyot maktabi – Sankt-Peterburg Milliy tadqiqot universiteti “Logistikani startegik boshqarish” (magistratura, 2021) yo‘nalishini tamomlagan.
Konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha mustaqil izlanuvchi (PhD). “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasining “Mahalliy hokimiyat organlari” modullariga rahbarlik qilgan (2021-2023-y.). Mahalliy va xorijiy jurnallarda chop etilgan 10 dan ortiq ilmiy va tahliliy ishlar muallifi. Xususan, “Ijro hokimiyati organlari faoliyatini optimallashtirish: xorijiy amaliyot, O‘zbekiston Respublikasida qo‘llash”, “Boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirish: yutuqlar va istiqbollar”, “Yaponiya misolida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish: O‘zbekiston Respublikasidagi holat va qo‘llanilishi”, “Maʼmuriy islohotlar natijasida tejalgan davlat byudjeti mablagʻlarini qaysi tarmoqlarga yoʻnaltirish mumkin?” va boshq.
Turli ijro hokimiyati organlarida, jumladan, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida va boshqa tashkilotlarda ish tajribasiga ega.
Chet tillarini biladi: rus, ingliz va boshlang’ich nemis tillari.
Ochilova Diyoraxon Sanjarxuja qizi
Yetakchi ilmiy xodim
2023-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Rus, ingliz va ispan tillari biladi.
Qiziqishlari: tahlil qilish, til o’rganish.
Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohadagi huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy ta’minlash;
konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohalaridagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviy qurilish va davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.