Ijtimoiy sohadagi qonunchilik shu’basi

Mirzaraximov Feruz Abdumannabovich

Shu’ba mudiri

1-darajali yurist.

2007 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi.

Uzoq yillar O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida faoliyat yuritgan. Davlat tashkilotlaridagi faoliyati davomida bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasida ishtirok etgan. Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatishida o’z hissasini qo’shgan.

Sattarova Gulnoza Djurakulovna

Bosh ilmiy xodim

Yuridik fanlar nomzodi.

Ikkinchi darajali adliya maslahatchisi.

2009-yilda “O‘zbekiston Respublikasida mehnat munosabatlarini jamoa shartnomaviy tartibga solish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

G.Sattorova 50 dan ortiq ilmiy nashrlar, jumladan, mehnat huquqi, ijtimoiy taʼminot huquqi, gender tengligi masalalarga bag’ishlangan 2ta monografiya, 2 ta darslik va 8 ta oʻquv qoʻllanma muallifi va hammuallifidir.

2022-23-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini tayyorlash bo‘yicha Ekspert komissiyasi ishida ishtirok etgan.

Sobirov Shoxruxbek Tavakkal oʻgli

Bosh ilmiy xodim

2-darajali yurist.

Huquq magistri.

U Toshkent davlat yuridik universitetining mustaqil izlanuvchisi bo‘lib, o‘z faoliyatini ushbu universitet yuriskonsulti lavozimida boshlagan, keyinchalik “Jinoyat-protsessual huquq va kriminologiya” kafedrasida dars bergan.

2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik va parlament tadqiqotlari institutida ishlab, Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutida turli lavozimlarda ishlagan va “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqishda ishtirok etgan. Sudgacha bo‘lgan bosqichda elektron ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish bo‘yicha dissertatsiya tadqiqotini olib bormoqda.

Egamov Aybek Normuxammedovich

Kadrlar bo‘yicha inspektor

Davlat boshqaruvi magistri.

1995-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini, 2011-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat organlarida, Andijon viloyatining Izboskan va Baliqchi tumanlari hokimliklarida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati lavozimida va boshqa davlat organlarida ishlagan. U bandlik, mehnat qonunchiligi va mehnat muhofazasi sohalarida yangiliklarga intiluvchan va yuqori malakali mutaxassis hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”, “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.

20 dan ortiq sertifikatlarga, malaka oshirish va turli boshqa jumladan, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi tadbirlarda qatnashgan.

Mirkamilova Komila Hasan qizi

Yetakchi ilmiy xodim.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatiya akademiyasini tamomlagan.

Yo‘nalishi: Xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq.

Dissertatsiya mavzusi:
«O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi madaniyat, taʼlim va fan sohalaridagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari».

Rus va ingliz tillarini biladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida va O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasida stajirovka o‘tagan.

Shu’baning asosiy vazifalari va faoliyati quyidagilardan iborat:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy sohadagi huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;

ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlashni prognozlash va ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish va oʻtkazish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kelishish uchun kiritiladigan ijtimoiy sohadagi qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertiza qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;

huquqni qo‘llash amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish samaradorligi ustidan tizimli siyosiy-huquqiy monitoring yuritish; normativ-huquqiy hujjatlarning ijtimoiy sohadagi islohotlar jarayoniga ta’sirini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.