
- 1980-yil Xorazm viloyatida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli huquqshunos va iqtisodchi boʻlib, 2001-yilda Buyuk Britaniyaning Varvik universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistraturasini, 2007-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini hamda 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
- Mehnat faoliyati davomida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasida yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis lavozimlarida ishlagan.
- Keyinchalik Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha Tadqiqot markazida rahbar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida shoʻba mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan.
- Oʻz mehnat yoʻlini davlat boshqaruvi tizimida davom ettirib, xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Prezidentning murojaatlar bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri lavozimlarida mehnat qilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, din va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida ham faoliyat koʻrsatgan.
- 1-darajali adliya maslahatchisi maxsus unvoniga ega. 2021-yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Davletov Ruslanbek Quroltayevich
