Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” (Sloveniya) XNNTning O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda yangilangan Konstitutsiyaga sharh tayyorlash masalalari bo‘yicha seminar-trening o’tkazilmoqda.

20-iyulda boshlangan ushbu tadbirning ikkinchi ish kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va xalqaro shartnomalari, bevosita va bilvosita konstitutsiyaviy normalar, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni cheklashning mutanosiblik prinsipi, cheklovchi choralarni qo‘llash chegaralari kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, nogironligi bo’lgan, yolg‘iz qariyalar, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarining huquqlari, ijtimoiy davlatni tartibga solish, ishlash huquqi mavzularida ma’ruzalar tinglandi. 22-iyul kuni tadbirning uchunchi kuni o‘z ishini boshladi.