Tadbirdan koʻzlangan maqsad – milliy va xorijiy ekspert-tahliliy doiralar bilan birgalikda sud-huquq sohasidagi muammolarni aniqlash va ularning yechimlarini topish, sud-huquq tizimida inson huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni yanada takomillashtirish boʻyicha fikr, mulohaza va qarashlar boʻyicha gʻoyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Tadbirda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy Majlis huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Inson huquqlari milliy markazi, Jamoat xavfsizligi universitetidan 30 ga yaqin hamda Sloveniyaning sobiq adliya vaziri – XNNT “Regional dialog”ning huquqiy masalalar boʻyicha eksperti sloveniyalik Goran Klemenchich ishtirok etdi.
“Aqliy hujum” yakunlariga koʻra, Konstitutsiya boʻyicha tayyorlanayotgan sharhlar boʻyicha yagona pozitsiyani ishlab chiqish maqsadida ekspertlar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.