Memorandum tomonlar o‘rtasida davlatlarning huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, milliy qonunchilik, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash faoliyatini takomillashtirish, qonun loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, qonun hujjatlarining ilmiy monitoringi, huquqni qo‘llash faoliyati, qabul qilingan va amaldagi qonun hujjatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri samaradorligini baholash bo‘yicha tajriba almashish kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni nazarda tutadi.