Memorandum tomonlar o‘rtasida davlatlarning huquqiy siyosatini shakllantirish va amalga oshirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda milliy qonunchilik va qonun ijodkorligini takomillashtirish, qonunchilik monitoringi va huquqni qo‘llash faoliyati sohalarida tajriba almashish, qabul qilingan va amaldagi qonun hujjatlarining ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri samaradorligini baholash kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni nazarda tutadi.