27-28 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti xodimlari uchun “Iqtisodiyotni liberallashtirishda sudlarning rolini oshirish” mavzusida onlayn seminar-trening o’tkazildi.
Mazkur seminar-trening Yaponiya hukumatining Texnik ko‘mak dasturi doirasida Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Tadqiqotlar va malaka oshirish instituti tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi koʻmagida tashkil etildi.
Seminar-trening davomida sud ishlarini yuritishda axborot texnologiyalaridan foydalanish, iqtisodiy nizolarni hal qilishning muqobil usullari va shu kabi masalalar boʻyicha yaponiyalik mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Seminar so‘nggida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashishdi.