Joriy yilning 16-avgust kuni Qonunchilik va huquqiy siyosat institutida AQSh Davlat departamentining Terrorizmga qarshi kurash byurosi dasturi rahbari Greys Meyson xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tarbirning maqsadi konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquqlari, diniy bag‘rikenglik va ekstremizmning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma tadbirlar tashkil etishga qaratildi.
G.Meysonga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy qoidalari, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarini jadal rivojlantirish, aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar va xavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berildi.
G.Meyson yangilangan Konstitutsiyada O‘zbekiston huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sifatida belgilab berilganini yuqori baholadi, shuningdek, ushbu konstitutsiyaviy normaning yanada hayotga tatbiq etilishi muvaffaqiyatga erishishiga ishonch bildirdi. Mamlakatimiz Asosiy qonunida inson huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini alohida ta’kidladi.