O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti Toshkent davlat yuridik universiteti va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi S.S.Alekseeva nomidagi Rossiya Xususiy huquq tadqiqot markazi bilan birgalikda 2023-yil 10-noyabr kuni “O‘zbekiston va Rossiya xususiy huquqi: huquqiy tizimlar muloqoti” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston va Rossiyada xususiy huquqning dolzarb masalalarini qiyosiy-huquqiy muhokama qilish, Fuqarolik kodeksini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar va Konstitutsiyaga sharhlar tayyorlash uchun zarur bo‘lgan ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Konferensiyada Rossiya, Germaniya, Avstriya va Italiyadan fuqarolik huquqi sohasidagi nufuzli xorijiy olimlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu tadbir nafaqat fuqarolik huquqi sohasidagi ilmiy yutuqlar almashinuviga, balki mazkur mamlakatlar ilmiy maktablari o‘rtasida muloqot o‘rnatishga ham xizmat qiladi.