Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini nishonlash arafasida, oʻtgan davr mobaynida bosib oʻtilgan murakkab yoʻlimizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik, butun xalqimizga yetkazish maqsadga muvofiq boʻlib hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Yangi Oʻzbekistonning bugungi taraqqiyot darajasi, shon-u shuhratiga mos holda munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida qator amaliy tadbirlar, turli uсhrashuvlar oʻtkazish belgilandi.

Xususan, “Yangi hayot uсhun, Yangi Oʻzbekiston uсhun!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturini tasdiqlash va ushbu dastur asosida barсha hududlarda aholining keng qatlamlari oʻrtasida Mustaqillik bayramiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy anjumanlar, “uсh avlod uсhrashuvi” tadbirlari, oсhiq muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy keсhalar tashkil etish, yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, taʼlim va mehnat jamoalarida maʼrifiy uchrashuv va suhbatlar oʻtkazish, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarga alohida eʼtibor qaratish va boshqa qator tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish shular jumlasidandir.

Mamlakatimiz rivojiga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan yana biri bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28 yanvardagi farmoni “2022−2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi” qabul qilinganligini taʼkidlash oʻrinli. Ushbu Strategiya 7 yoʻnalish va 100 ta maqsadlarni oʻz ichiga qamrab olgan.

Taʼkidlash joizki, milliy rivojlanish yoʻlida orttirgan tajribamizdan kelib chiqib, Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasida barcha soha va tarmoqlar, mintaqa va hududlar, xususan, har bir mahalla boʻyicha yuksak vazifalar qoʻyilgan.

Yana bir tarixiy voqelik – bu Oʻzbekistonning 65 foizga yangilangan bosh qomusi yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi hisoblanadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya “Inson – jamiyat – davlat” paradigmasiga asoslangani, unda barcha aholi toifalarining, hatto jinoyat sodir etgan shaxslar huquq va manfaatlari aks etgani bilan oʻta muhim ahamiyatga ega. Konstitutsiyaga kiritilgan muhim oʻzgarishlardan biri Oʻzbekiston – huquqiy davlat sifatida belgilanganligidan iborat. Jumladan, inson huquq va erkinliklarini taʼminlash davlatning oliy maqsadi, deya eʼlon qilinar ekan, unda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshirildi.

Xususan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 25-moddasida oʻlim jazosi taqiqlandi. Oʻlim jazosi taqiqlanishining konstitutsiyaviy darajada belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga yoki qamoqqa olinishi, ushlab turilishi, qamoqda saqlanishi yoki uning ozodligi boshqacha tarzda cheklanishi mumkin emasligi, hibsga yoki qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl qoʻyilishi belgilandi. Yaʼni shaxs erkinligini cheklash bilan bogʻliq har qanday harakat faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart. Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz qamoqqa olish va saqlashga yoʻl qoʻymaslikka qaratilgandir. Bu orqali xalqaro eʼtirof etilgan “Xabeas korpus” institutining qoʻllanish koʻlami yanada kengayadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini fuqarolarni jazolovchi yondashuvdan inson huquqlarini hurmat qiluvchi va himoyalovchipoymol qilingan huquqlarni tiklovchiragʻbatlantiruvchi yondashuvga oʻzgartirdi.

Shaxsni birinchi marta ushlash chogʻida unga tushunarli tilda huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga oʻziga qarshi koʻrsatma bermaslik (xalqaro eʼtirof etilgan “Miranda qoidasi”), sukut saqlash huquqi berildi.

Yana bir muhim norma – agar shaxs oʻz aybini tan olgani unga qarshi yagona dalil boʻlsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi kafolatlanmoqda. Bu hol jinoyat boʻyicha haqiqatni aniqlash, shuningdek, aybsiz insonlar javobgarlikka tortilishining oldini olishga, ayni paytda, jinoyat sodir etgan haqiqiy aybdor shaxs yoki shaxslarni aniqlashga xizmat qiladi.

Yuqoridagilardan koʻrinadiki yangi tahrirdagi Konstitutsiyani haqiqatan ham xalq Konstitutsiyasi deb hisoblash mumkin. Chunki u oddiy va hayotiy, isbot talab etmaydigan haqiqatni oʻzida aks ettirishi va shu bilan xalqimiz istagiga hamda xorijiy davlatlar tajribasiga toʻla mos kelishi bilan ajralib turadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya yangi Oʻzbekistonimizning bugungi hayoti va ertangi taqdiri, sud-huquq islohotlari izchil amalga oshirilishi va inson huquqlari mustahkam kafolatlanishi uchun xizmat qiladi.

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Manba: “O‘zbekiston axborotlari” www.nuz.uz media portali, www.nuz.uz/uz/ўzbekiston/1223890-inson-ҳuқuқlari-muctaқillikning-32-jilligi-nigoҳida-kecha-va-bugun.html

K. Nigmatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti shuʻba mudiri.